Marzoli Machines Textile

Marzoli Machines Textile (Italiya)

foto marzoli

Marzoli 1851 yildan boshlab to’qimachilik mashinalarini loyihalashtiradi va ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

Bugungi kunda ushbu kompaniya tolalarni tayyorlash va yigirish jarayoni bo’yicha tarixiy kompetentsiyani eng ilg’or texnologiyalar bilan birlashtirgan Camozzi Group to’qimachilik bo’limining vakili hisoblanadi.

Marzoli tabiiy, sun’iy, texnik va aralash tolalarni ochish, tayyorlash va yigirish uchun mashinalarning to’liq liniyasini ishlab chiqarish bo’yicha yagona hamkor bo’lib, biz to’qilmagan sanoat uchun ham innovatsion yechimlarni o’z xaridorlarimizga taklif etamiz.

Marzoli mijozlarga yigirish rejasini o‘rganishdan tortib, uni o‘rnatishgacha, mashinalarni ishga tushirishdan tortib, optimallashtirishgacha bo’lgan barcha jarayonlarda ko’maklashadi.

Marzoli logistikani tashkil etishda, aksessuarlar va butlovchi qismlarni tanlashda yordam beradi va texnik va texnologlarning keng tarmog’i orqali mijoz zavodining yuqori samaradorlikda ishlashini ta’minlash uchun eng zamonaviy xizmatni taklif qiladi.

Dunyoviy an’analar, uzluksiz texnologik rivojlanish va butun dunyo bo’ylab o’rnatilgan yuzlab yigiruv ishlab chiqarish zavodlari Marzoli kompaniyasining jahon to’qimachilik bozoridagi yetakchi mavqeini naqadar o’rinli ekanligini tasdiqlaydi.

Yuklab olish.